Turkiyada oğir şaroitda qolgan voyaga yetmagan Özbekiston fuqarosi Istanbuldagi boş konsulxona va fuqarolik jamiyatlari kömagida vatanga qaytarildi. Bu haqda konsulxona axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, fuqaro T.O.ning onasi 2015 yilda Turkiyaga iş izlab kelgan va Istanbulga joylaşgan. U yerda Turkiya fuqarosi bilan şar’iy nikoh asosida turmuş qurgan. Qizining aytişiça, ögay otasi unga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan.
2017 yilda holat aniqlangaç, voyaga yetmagan fuqaro Istanbuldagi bolalar uyiga joylaştirilgan. 2024 yil fevral oyida T.O.ning opasi sudga qilgan murojaat asosida u bolalar uyidan ozod etilgan. Biroq, opasining Turkiya politsiyasiga kuç işlatgani uçun qamoqqa tuşgani bois, T.O. yana qarovsiz qolgan.
Boş konsulxona Yelkadoş va Özbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari bilan hamkorlikda uning Özbekistonga qaytarilişi va qonuniy vakillariga topşirilişini taşkil etdi.
Diplomatik vakolatxona ota-onalarni farzandlari taqdiriga befarq bölmaslikka, ularning xavfsizligi va huquqiy himoyasiga e’tiborli bölişga çaqirdi.

















