Viloyat prokuraturasi holat böyiça bayonot berdi. Unga köra, 2021 yil 2 yanvar kuni P.E. Kattaqörğon tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda fuqaro I.S. özining «Matiz» maşinasida uni Kattaqörğon şahar Çinobod mahallasi hududiga olib borib, zörlik işlatib nomusiga tekkani, boşqa bir fuqaro S.R. ham «VAZ 2106» maşinasida uni Kattaqörğon tumanida joylaşgan suv ombori hududiga olib borib, zörlab, jinsiy aloqa qilganini körsatib, ularga nisbatan çora körişni söragan.
Holat yuzasidan Kattaqörğon tuman IIB TB tergovga qadar tekşiruv boşlagan, voqea joyi közdan keçirilgan. Işga aloqador şaxslarning körsatuvlari olinib, voyaga yetmagan P.E.ning tanasida tan jarohatlariga aniqlik kiritiş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Töplangan dalillarga asosan JKning 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda jinoyat işi yuzasidan hududiy tegişliligi böyiça Kattaqörğon şahar IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Prokuratura axborotiga köra, P.E.ning arizasida körsatilgan fuqaro S.R. 2021 yil 13 yanvar kuni Kattaqörğon tuman Saroyqörğon mahallasida joylaşgan öz uyida vafot etgani aniqlangan.
Fuqaro S.R.ning ölim sabablarini aniqlaş yuzasidan Kattaqörğon tuman prokuraturasi tergovga qadar tekşiriş ötkazmoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 14 yanvar kuni Kattaqörğon şahar prokuraturasiga fuqaro S.S. ariza bilan murojaat qilib, unda voyaga yetmagan farzandi P.E. 10 yanvar kuni uyidan noma'lum tomonga çiqib ketib, qaytib kelmaganini ma'lum qilgan.
Bu holat böyiça ham şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
P.E.ning yaqinlari qizning zöravonlik qurboni bölgani, huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar işlardan norozi ekanini bildirib, Kun.uz saytiga murojaat qilgan. Kun.uz tez orada voqea yuzasidan jurnalistik suriştiruv böyiça tayyorlangan materialni e'lon qiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kun.uz Kattaqörğon tumanida maşhur xonanda Jasur Umirov jinoiy şeriklari bilan voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkani, ammo IIB jinoiy iş oçişni rad etgani haqida material e'lon qilgan edi.
Keyinçalik holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib

















