Qayd etilişiça, 2020 yilning noyabr oylaridan boşlab mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan boğliq vaziyat biroz bölsa-da barqarorlaşganligi munosabati bilan bosqiçma bosqiç joriy etilgan karantin çeklovlar bekor qilinib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyati tiklandi.

“Sönggi kunlarda kelib tuşgan köplab madaniyat soha vakillarining murojaatlarini inobatga olgan holda, şuningdek, xalqimizning madaniy hordiq çiqarişi uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida konsert-tomoşa tadbirlarini joriy yilning 28 yanvaridan boşlab sanitariya-epidemiologik talablarga qat'iy rioya etgan holda taşkil etişga ruxsat berildi”, - deyiladi bayonotda.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan konsert va tomoşa tadbirlarini ötkaziş böyiça quyidagi talablar belgilandi:

  • konsert saroylarining tomoşabin siğimini inobatga olgan holda tomoşabinlar sonini 50 foizdan oşirmagan holda taşkil etiş;
  • konsert saroylarining tomoşabin örindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilişini ta'minlaş va bu borada oraliq masofani saqlaş uçun talab etiladigan örindiqlarni konservatsiya qiliş;
  • konsert saroylariga taşrif buyuruvçi tomoşabin hamda xizmat körsatuvçi xodimlar niqobda (maskada) bölişi.