Kun.uz 2020 yil 20 noyabr kuni «Toshkent viloyati va poytaxt o‘rtasida 1,1 gektar yer «talash» bo‘lyapti. Sud soxta hujjatga asosan qaror chiqargan» sarlavhali maqola e'lon qilgan edi.
Maqolada Toshkent halqa aylanma yo‘li bo‘yida joylashgan 1,1 gektar yer maydonining 2018 yil holatida Toshkent viloyati yoki poytaxtga kirishi masalasi ochiq qolayotgani, Toshkent shahar ma'muriy sudi Kadastr agentligi nomidan jo‘natilgan soxta xatga asosan ushbu hududni Toshkent viloyati Zangiota tumaniga qarashli deb topgani haqida so‘z yuritilgandi.

Shundan so‘ng, Kadastr agentligi bu maqolaga munosabat bildirib, ziddiyatli holatni atroflicha o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzilganini bildirgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, ishchi guruhning holatni o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma'lumotnomasi 7 dekabr kuni Sergeli tumani prokuraturasiga yuborilgan. Unda bir qator e'tiborli masalalar tilga olingan.
Jumladan, «FFT» MChJga ajratib berilgan 274-konturda ajratilgan yer maydoni bilan 276, 277-konturlari yonma-yon joylashgani, «FFT» MChJ tomonidan 276-konturning 0,15 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani, fuqaro M.A. tomonidan esa o‘ziga ajratilgan 274, 275-konturlardagi 0,69 gektar maydondan tashqari, qarorda ko‘rsatilmagan 276-konturdagi 0,16 gektar yer maydonida, jami 0,85 gektar yer maydonida qurilish kilingani ma'lum qilingan.
Shuningdek, Senatning 2017 yil 27 iyuldagi KQ-211-III-sonli karorining 1- va 3-ilovalaridagi chegara tavsifi va chegaralarning chizma shakliga asosan, «MTS» MChJga ajratilgan yer maydonining bir qismi Toshkent viloyati hududida bo‘lgani qayd etilgan.
Kun.uz nizoli masala va Kadastr agentligi taqdim etgan ma'lumotnoma yuzasidan kadastr sohasida uzoq yil faoliyat yuritgan Oliy Majlis deputati Nuriddin Sultonovning fikrlari bilan qiziqdi. Deputatning ma'lum qilishicha, «MTS» MChJga ajratilgan yer maydoni Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 fevraldagi «Toshkent shahrining chegaralari to‘g‘risida»gi 83-sonli qarori va Oliy Kengash Rayosatining 1994 yil 16 martdagi 1031-XII-sonli qaroriga asosan,















