Ukrainada Bayden va Poroshenkoga nisbatan jinoyat ishlari ochildi
Ukrainada sobiq bosh prokurorlardan birining faoliyatiga aralashishda gumonlanib mamlakat sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko va AQSh prezidenti Jozef Baydenga nisbatan jinoyat ishlari ochildi. Bu haqda Poroshenkoning advokati Igor Golovan ma'lum qildi.

Foto: RIA Novosti
"22 yanvar kuni, AQSh prezidenti inauguratsiyasidan ikki kun o‘tgach go‘yoki Poroshenko va Bayden tomonidan Ukraina sobiq bosh prokurorining faoliyatiga aralashish holati bo‘yicha ikkita jinoyat ishi ochildi", - deya Golovanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Klymenko Time portali o‘z Telegram-kanalida.
Advokatning ma'lum qilishicha, bu rada deputati Andrey Derkachning tashabbusi hisoblanadi.
Derkach 2020 yil mayida o‘zining so‘zlariga ko‘ra, Baydenning Ukrainaning beshinchi prezidenti Pyotr Poroshenkoga ta'siri haqida guvohlik beruvchi audioyozuvlarni e'lon qilgandi. Shundan so‘ng AQSh uni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. O‘shanda AQSh moliya vazirligi Derkach 10 yildan ortiq vaqtdan buyon Rossiya maxsus xizmatlari uchun ishlashini bildirgandi.
Ukrainada 2016 yilda bosh prokuror Viktor Shokinning bo‘shatilishi bilan bog‘liq mojaroga Bayden aloqador deb hisoblanadi. Qayd etilishicha, u AQSh vitse-prezidenti lavozimida Poroshenkoga nisbatan bosim o‘tkazgan va bosh prokurorni lavozimidan bo‘shatishni talab qilgan. Aks holda Kiyev Vashingtonning 1 mlrd dollarlik kredit kafolatidan mahrum bo‘lishini aytib tahdid qilgan.
O‘z navbatida, Shokinni iste'foga chiqarish zaruriyati Baydenning o‘g‘li Hanterning Ukrainadagi Burisma gaz kompaniyasidagi rahbarlik faoliyatiga nisbatan bosh prokuratura tomonidan qiziqish uyg‘onishiga olib kelgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Aniq reja yo‘q” - Xastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?
Jamiyat | 21:09
-
Zelenskiy Ukraina delegatsiyasini muzokaralar uchun Istanbulga yubordi
Jahon | 21:01
-
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:52
-
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi
Jahon | 20:49
Mavzuga oid

21:34
Agar Putin kelmagan bo‘lsa, demak, Istanbulda qiladigan ishim yo‘q – Zelenskiy

19:34
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?

19:17
Putin Istanbul muzokaralariga jiddiy qaramayaptimi?

18:18