Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoşlar bandligi mavzusida selektor ötkazdi.
«2021 yilda 500 ming nafar yoşlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş zarur. Respublika işçi guruhi oldiga qöyilgan muammolarning 60 foizi tadbirkorlik faoliyati va kasb-hunarga öqitiş bilan boğliq.
Misol uçun, Ğuzor tumani Paçkamar mahallasida istiqomat qiluvçi Adham Qurbonov (25 yoş) idiş yuviş vositasi (gel) işlab çiqarişni yölga qöyib, 15 nafar tengdoşini doimiy iş bilan ta'minlaş istagini bildirgan.
Yoki, Iştixon tumani Beşkapa mahallasida yaşovçi Xayriniso Sulaymonova (21 yoş) tayyor trikotaj mahsulotlari işlab çiqaradigan sex oçib, 10 nafar yoş xotin-qizlarni doimiy daromad bilan ta'minlamoqçi.
Mana qanday yoşlarimiz bor», – deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat rahbariga köra, ötgan yili öquv kurslarini taşkil etiş böyiça 300ga yaqin davlat va nodavlat ta'lim taşkilotlari reyestri şakllantirilgan. Lekin bu juda kam.
«Ayniqsa Xorazmda atigi 5ta, Qoraqalpoğistonda 6ta, Jizzaxda 7ta, Samarqandda 9 ta nodavlat ta'lim taşkiloti reyestrga kiritilgan bölib, deyarli barçasi viloyat markazida joylaşgan.
Şu bois viloyat hokimlari Adham Ikramov, Nozim Husanov va Alişer Sa'dullayev bilan birga, bir oy muddatda aholisi 150 mingdan 200 minggaça bölgan 46 ta tumanda kamida 3 tadan, aholisi undan köp 64 ta tumanda esa kamida 5 tadan ana şunday öquv kurslarini taşkil etadi.
Bunda, Bozorov – 60 ta, J.Öroqov (Samarqand viloyat hokimining 1-örinbosari) Abdurahmonov, Z.Mirzayev, Abdurazzoqov – 50 tadan, Bobolov, Xolmatov – 35 tadan, Ortiqxöjayev – 30 ta, Zaripov, Ermanov – 25 tadan, Kamalov, Soliyev – 20 tadan, Tursunov – 8 ta öquv kurslarini taşkil etişga şaxsan mas'ul böladi.
Şuningdek, viloyat hokimlari qolgan 96 ta tuman va şaharda ehtiyojdan kelib çiqib, ta'lim taşkilotlari bilan birga an'anaviy yoki masofaviy öquv kurslarini yölga qöyişi zarur», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa'dullayev va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanovga «Yoşlar – kelajagimiz» jamğarmasi bilan birga, ikki oyda talab yuqori bölgan 15 ta kasb-hunar örgatadigan onlayn platformani işga tuşirib, 2021 yilda kamida 20 ming nafar yoşlarni öqitiş topşirildi.

















