
Prezident Şavkat Mirziyoyev talabalar uylari taşkil etiş dasturini işlab çiqiş böyiça topşiriq berdi.
«Oxirgi 4 yilda OTMlar soni 47taga ortdi. Bugungi kunda 129ta OTMda 500 mingdan ortiq talaba ta'lim olyapti. Lekin poytaxtning özidagi jami 85ta talabalar uyida atigi 13 foiz yoşlar turar joy bilan ta'minlangan.
Yoki 18 ming talaba tahsil olayotgan Samarqand davlat universitetida bor-yöği 1 600 örinli yotoqxona mavjud.
Şuning uçun 2021–2023 yillarda talabalar uylari taşkil dasturi 1 oy içida işlab çiqilib, hukumatga kiritilişi kerak», – deya prezidentning 27 yanvar kungi selektordagi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat rahbari bu topşiriq ijrosini boş vazir örinbosari Behzod Musayev, oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov va moliya vaziri Timur Işmetovga yukladi.

Eslatib ötamiz, Kun.uz bor e'tiborini öqişga qaratiş örniga, kvartira taşvişi bilan band uysiz talabalar muammolari haqida bir neça bor materiallar e'lon qilgan edi.
Şu oy boşida Oliy ta'lim vazirligi rasmiylari Kun.uz'ga ma'lum qilgandiki, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona bilan ta'minlanişi körsatkiçini 2020/21 öquv yili oxirigaça 35–36 foizga, 2025 yilgaça 50 foizga yetkaziş möljal qilingan.
Bunda TTJlar davlat-xususiy şerikçiligi asosida quriladi.
«Bu borada 2021–2025 yilga möljallangan dasturni işlab çiqib, taklif sifatida kiritdik. Bu tasdiqlanadigan bölsa, 2021 yilning özida 21ta TTJ quriladi va qöşimça 8200 talaba yotoqxona bilan ta'minlanadi», – degandi vazirlik boşqarma boşliği Otabek Bazarov.
Uning aytişiça, 2030 yilgaça motel va hostellar ham qurilib, ularning hisobiga talabalarning 90 foizga yaqini turar joyga ega bölişi közda tutilmoqda.
Talabalar Toşkentga qaytdi. Toşkent ularni sevmaydi
Talabalar — poytaxtning asl uysizlari
YUNISEF özbek talabalari haqida: Ta'lim xarajatlari ularda stress va çorasizlik hissini uyğotmoqda











