«Oxirgi yillarda bu yönalişda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida ijobiy natijalarga erişilmoqda. Şu bilan birga qilinişi lozim bölgan işlar ham talaygina. Aynan davlat idoralari mansabdor şaxslarining mol-mulki, daromadi böyiça deklaratsiya topşiriş mexanizmining joriy etilişi – korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişidagi ijobiy katta qadam böladi, deb hisoblayman.

Har bir mansabdor şaxsning daromadi va mol-mulki töğrisidagi ma'lumotlar şaffof bölişi va xalqimiz bundan xabardor bölişi lozim. Bevosita mansabdor şaxs ham korrupsiyaga qarşi kuraşuvçi organning rahbari sifatida daromadlarni deklaratsiyalaş mexanizmi joriy etilişini töla qöllab-quvvatlayman.

Işonamanki, mazkur qonunning amaliyotga tatbiq etilişi jamiyatda korrupsiya darajasi sezilarli kamayişiga, xalqimizning davlat organlariga bölgan işonçi oşişiga, davlat xizmatlarini sifatli körsatişga olib keladi hamda davlat organlariga noqonuniy daromad topiş uçun işlamoqçi bölgan şaxslarning kirib kelişiga çek qöyadi», – deya Dilşod Rahimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi işlab çiqqan qonun loyihasida, prezidentdan boşlab barça böğinlardagi davlat amaldorlari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilişi belgilangan.

Yangi tartib qaçon qabul qilinişi aniq emas. Şunisi ma'lumki, deklaratsiyalaş talabi bu yil kuçga kirişi kutilmayapti: 2021 yilgi davlat dasturi loyihasida bu haqda band yöq.