Jizzaxda oltinli ruda qazib olayotgan fuqarolarni tosh bosib qoldi, 2 kishi vafot etdi
Joriy yilning 26 yanvar kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanining Buloqboshi qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi 4 nafar fuqaro hududdagi tog‘dan oltinli rudani noqonuniy ravishda qazib olmoqchi bo‘lgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur jarayonda ularni tosh bosib qolgan. Oqibatda yigitlarning 2 nafari voqea joyida vafot etgan, ikki nafari esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Bildirilishicha, mazkur fojia munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining mas'ullari tomonidan muhokama uyushtirildi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Mansur Sattorov amaldagi qonunchilikka asosan foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish, xuddi, shuningdek, oltin izlovchilar usulida litsenziyasiz qazish javobgarlikka sabab bo‘lishini ta'kidladi.
Muhokamada ma'lum qilinganidek, 26 yanvar kuni Buloqboshi qishloq fuqarolar yig‘ini Avliyo qishlog‘ida yashagan to‘rt nafar fuqaro aholi yashash joyidan taxminan 7-8 km uzoqlikda joylashgan tog‘ bag‘riga 12-15 metr qazib kirib, ruda olishayotgan paytda fuqarolarni tosh bosib qolgan. Buning oqibatida ikki nafar fuqaro chuqurdan chiqa olmasdan vafot etgan, qolgan 2 nafari esa turli xil darajadagi sinish va boshqa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Ta'kidlanishicha, 2017 yildan to shu kunga qadar ushbu tog‘ga chiqib, tarkibida qimmatbaho oltin zarralari bor bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarni talon-toroj qilganlik holati bo‘yicha bir necha fuqaro javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
12:18 / 24.04.2024
G‘allaoroldagi YTH oqibatida ikki emas, uch nafar o‘quvchi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi
11:01 / 05.05.2023
Jizzaxda hamqishloqlarning janjali o‘lim bilan yakun topdi
19:44 / 17.02.2023
Birovning xotini bilan qo‘lga tushgan “uchastkavoy” ishdan olindi
17:03 / 16.02.2023