«Özbekiston qonunçiligida bunaqa toifadagi mahkumlar mavjud emas. Ularning barçasi qonun oldida barobar.
Agar diniy ekstremistik oqimlar yoki diniy taşkilotlar tomonidan konstitutsiyaviy tuzumga qarşi jinoyat sodir etib, qamalgan mahkumlar nazarda tutilayotgan bölsa, bugungi kunda mahkumlar örtasida heç qanday çeklovlar yöq.
Mahkumlar jazoni ijro etiş muassasalarida bemalol özlarining ibodatlari bilan şuğullanişlari mumkin, faqat kun tartibini buzmagan holda. Çunki JIEMlarda faqatgina islom diniga mansub mahkumlar jazoni ötamaydi», dedi IIV mas'uli vazirlik Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi mutasaddilari iştirokida «Jazoni ijro etiş muassasalari faoliyatining joriy holati va istiqboldagi vazifalar» mavzusida matbuot anjumanida.
Jamşid Sultonov mahkumlarning diniy huquq-erkinliklari qaçondan boşlab ta'minlana boşlagani haqida ham gapirdi.
«Oçiğini aytiş kerak, oldin bunday taqiqlar bor edi. Buni inkor etmaymiz. Hozir oçiq va şaffof davrida işlayapmiz. Özbekiston Respublikasining eng yangi tarixini boşlab bergan Şavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida saylangan kunlardan boşlab bu kabi çeklovlarning barçasi bekor qilingan. Mahkumlar özi xohlagan dinga e'tiqod qilişi mumkin yoki ularning e'tiqod qilmaslik huquqi ham töliq kafolatlangan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















