Bu haqda IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi mutasaddilari iştirokidagi matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Bu turdagi mahkumlarga öqişni davom ettiriş imkoniyatlarini yaratiş, umuman, jazoni ijro etiş muassasalaridagi jazoni ötayotgan şaxslar oliy ta'lim muassasalarida onlayn tarzda öqişini belgilaş böyiça Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi Boş prokuratura bilan birgalikda prezident qaror loyihasini tayyorlab, prezident administratsiyasiga topşirgan», – dedi Tarbiyaviy va ijtimoiy psixologik işlarni taşkil etiş boşqarmasi boşliği, podpolkovnik Jamşid Sultonov.

Qaror doirasida qamalguniga qadar talaba bölgan mahkumlarning öqişini davom ettirib ketişi, bundan taşqari, jazo muddatini ötaş davrida yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda öqişga tayyorgarlik körib, oliy ta'lim muassasalariga kirişi, öqişga kirgan talabalar uçun jazoni ötaşning alohida tartiblarini joriy qiliş böyiça ham bandlar belgilangan.

Sultonovning qöşimça qilişiça, qaror loyihasi imzolaniş arafasida.