Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi tomonidan 2021 yil 9 yanvarda içki valuta bozorida valuta oldi-sotdi operatsiyalarining amalga oşirilişini yanada takomillaştiriş borasida qaror qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021 yilning 15 fevralidan boşlab, içki valuta bozorida amalga oşiriladigan valuta oldi-sotdi savdolari böyiça quyidagilar joriy etiladi:
- Özbekiston respublika valuta birjasida savdo sessiyalari amaldagi «fiksing» (belgilaş, qiymatni örnatiş) usulidan «koll auksion» va ikki tomonlama uzluksiz auksion «metçing» (talabga köra taklifning paydo bölişi) savdo usullariga ötkazilişi;
- valuta birjasida valuta oldi-sotdisi böyiça savdo sessiyalarining soat 10.00 dan 15.00 gaça «Onlayn platforma» orqali amalga oşirilişi;
- valuta birjasida valuta oldi-sotdisi böyiça hisob-kitoblarning hozirda mavjud T+0 (bugungi iş kuni) şaklidan T+1 (keyingi iş kuni) şakliga ötkazilişi;
- tijorat banklarining valuta birjasi savdolarida mijozlar nomidan iştirok etiş amaliyotidan voz keçgan holda xöjalik yurituvçi sub'yektlar bilan valuta operatsiyalarini töğridan töğri valuta pozitsiyasi orqali amalga oşirilişi belgilangan.
Şuningdek, qarorga muvofiq, Markaziy bankning valuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi hududida bojxona va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun çet el valutalarining sömga nisbatan rasmiy kurslari kunlik belgilanadi va har bank iş kuni soat 16:00da Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilib boriladi.
Şu bilan birga, qarorda valuta bozorini rivojlantirişning keyingi bosqiçlarida valuta operatsiyalari böyiça savdo iştirokçilarining umume'tirof etilgan eng namunali amaliyotlarni öz içiga olgan «Etika kodeksi»

















