Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Jinoyat işlari böyiça Termiz tumani sudi binosida ötayotgan sud majlisi çoğida Effect.uz sayti jurnalistlari hamda JIB Termiz tuman sudi raisi Odilbek Begimqulov örtasidagi munozara videotasvirlari tarqaldi va muhokamalarga sabab böldi.

Kun.uz muxbiri Odilbek Begimqulov bilan uçraşib, öşa kuni röy bergan voqealar tafsilotini biliş uçun unga mikrofon tutdi.

«Biz öşa kuni (voqea 2021 yilning 11 yanvarida röy bergan) Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «v» bandi böyiça ayblanayotgan Ikromjon Xudoyorov karantin vaqtida jabrlanuvçi Şavkat Zoirovni 70 million söm puliga Toşkentdan şahridan kartoşka olib kelaman deb çuv tuşirgan. Jabrlanuvçi bir neça marotaba ogohlantirişiga qaramasdan, sudlanuvçi tomonidan pullar qaytarilmagan. Pullar Sudlanuvçi tomonidan özlaştirilib ketilgan.

11 yanvar kuni sudlanuvçi Xudoyorov Ikromjonga nisbatan soat 15:00 ga sud işi tayinlangan edi. Taraflar yetib kelişlari kerak edi. Aslida, bu iş 6 yanvar kuni tayinlanib körilgan edi. Ammo prokurorning muzokarasi tayyor bölmagani uçun sud işi 11 yanvarga qoldirilgan edi», — dedi sudya.

Öşa kungi voqealarga töxtalar ekan, sudlanuvçi va jabrlanuvçilarning qarindoşlari 6 yanvar kuni bölib ötgan sud majlisida janjallaşib ketganini eslab ötdi.

«Öşa kuni sudlanuvçilarning qarindoşlari va jabrlanuvçilarning qarindoşlari sud majlisi boşlanişidan oldinroq Jinoyat işlari böyiça Termiz tumani binosiga kirişmoqçiligini aytib, sud majlisi kotibi va qöriqlaş xizmati xodimi keldi.

Oldinroq, 6 yanvar kuni bölib ötgan sud majlisida jabrlanuvçilar hamda sudlanuvçilarning qarindoşlari özaro janjallaşgani va bu sud majlisiga kiritilmasligi hamda hozir karantin bölganligi uçun sud majlisida köp odam bölişi mumkin emasligi sababli qarindoşlarining sud majlisiga kirişlarini rad qildik.

Nima uçun qarindoşlarining sud majlisiga kiritilmaganini tuşuntiriş uçun sud majlisi kotibini jönatib, xonamga kirib ötirdim», — dedi Odilbek Begimqulov.

Garçi janjalning oldini olişga qaratilgan topşiriqlar berişiga qaramasdan, sud binosida janjal kelib çiqqan va sudya buni jurnalistlar tomonidan uyuştirilgan, deb hisoblamoqda.