Vazirlar Mahkamasining «Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Konsepsiya BMTning «Yoşlar–2030» strategiyasida belgilangan «Yoşlar manfaatlarini közlab, ular bilan işlaş» boş tamoyiliga asoslanadi. Hujjat bilan Konsepsiyani 2021-2022 yillarda amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlandi. Konsepsiya 2023 yildan boşlab har yili tasdiqlanadigan tegişli «yöl xaritalari» asosida bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi.
Yoşlar işlari agentligiga vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oşiriş topşirildi:
- 2022 yildan boşlab har yili 1 dekabrga qadar tegişli «Yöl xaritasi» bajarilişi yakunlarini batafsil örganiş asosida keyingi yil uçun «Yöl xaritasi»ni işlab çiqiş va tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritiş;
- tegişli «yöl xaritalari»ning bajarilişi ustidan doimiy monitoring olib boriş.
Konsepsiyada quyidagi vazifalarni bajariş nazarda tutilgan:
- yoşlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan huquqiy bazani takomillaştiriş;
- ta'limning barça bosqiçlarida yoşlarning sifatli ta'lim olişini ta'minlaş, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanişi uçun şart-şaroit yaratiş;
- yoşlarga munosib mehnat şaroitlarini yaratiş, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş;
- yoşlarni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş, yoşlarda axborot texnologiyalaridan foydalaniş könikmalarini rivojlantiriş, ular örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş, xotin-qizlar bandligini ta'minlaşga qaratilgan «Beş muhim taşabbus»ni amalga oşiriş;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoşlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvçisini yöqotgan va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş;
- yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, yoşlar jamoat taşkilotlari va volontyorlik harakatlarini qöllab-quvvatlaş va boşqalar.
«Yöl xaritasi»ga muvofiq rejalaştirilgan ayrim tadbirlar:

















