Kun.uz «Qişloqda bir kun» loyihasining navbatdagi sonida Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, Böston mahallasidagi oilalardan birining turmuşi haqida hikoya qiladi.
Böston mahallasi Sardoba tumani markazidan 30 km va viloyat markazidan 70 km masofada joylaşgan. Aksariyat qişloqlar singari, mahalla tabiiy gaz tarmoğidan uzilgan, odamlar rözğorda suyultirilgan gazdan foydalanişmoqda. Uyni isitiş uçun esa kömir, ötin va tappi yoqilyapti. Köplab oilalarda asosan bir xona isitilib, oilaning barça a'zolari şu xonada uxlaşadi. Mahalla aholisining asosiy daromadi dehqonçilikdan iborat.

Foto: Loyihamiz qahramonlari — Ğofurjon va Alimovlar oilasi 32 yildan beri şu mahallada istiqomat qiladi. Ularning 4 farzandi bor. Ikki öğil, ikki qiz. Bir öğli Toşkent şahridan, yana biri Guliston tumanidan iş izlab topgan — tibbiy niqob işlab çiqaradigan sexda işlaydi. Oylik maoşi rözğordan ortmaydi.

Qizlariga esa iş topilişi muammo bölib qolmoqda. Topilgan iş esa uzoq hududda, har kuni qatnab işlaşga şaroiti yöl qöymaydi.
Gulçehra Alimovaning aytişiça, suyultirilgan gaz töldirilgan ballon bir oyda bir marta beriladi, lekin yetmaydi. Gaz tugagaç, öçoqda ovqat qilinadi. Lekin unga ham ötin topib bölmaydi. Daraxtlarni kesay desa ekologiya ruxsat bermaydi. Bahordan boşlab moli bor qöni-qöşnilardan göng olib, tappi qilinadi.

Özlarida esa çorva, parranda yöq. Xarid qiliş uçun ortiqça mablaği ham yöq. Oilaning daromadi juda kam, faqat ularning nafaqasidan iborat.
Ijaraga yer olib foydalaniş uçun ularning şaroiti yöl bermaydi. Fermerlar ekkan supurgining har bir boğini örab, tayyor holga keltirgani uçun 1500 sömdan işlab topişadi. Bir kunda 20 boğ öraş uçun kuçi yetadi. 2020 yilning bahorida yer olib supurgi ekişgan. Lekin Sardoba suv omboridagi texnogen ofat ularning yerini yuvib ketgan.




















