Konferensiyada taşkiliy masala körildi. Taşkilotga yangi rais saylandi.

Kun.uz axborot manbasi xabariga köra, boş vazir örinbosari, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov Özbekiston şaxmat federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.

Eslatib ötamiz, bungaça federatsiya raisi lavozimini prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi direktori Dmitriy Li egallab kelayotgandi.

Aziz Abduhakimov

14 yanvar kuni «Şaxmatni yanada rivojlantiriş va ommaviylaştiriş hamda şaxmatçilarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori e'lon qilingandi.

Qaror ijrosi uçun mas'ul hisoblangan boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov şaxmatni rivojlantiriş böyiça mazkur prezident qarori asosida amalga oşiriladigan işlar xususida Kun.uz'ga ma'lumot berdi.

Prezident qarorida şaxmatni 2025 yilgaça rivojlantiriş böyiça aniq vazifalar belgilangan. Agar bu vazifalar amalga oşirilsa, mamlakatda şaxmat bilan boğliq vaziyat mutlaqo yangiça tus oladi.

Avvalroq, «Şaxmat oyligi» musobaqasining final bosqiçini Aziz Abduhakimov oçib bergandi.

Samarqand olimpiya zaxiralari kollejida «Sportni sev, sport bilan yaşa!» şiori ostida yanvar oyida ötkazilgan şaxmat oyligi musobaqasining final bosqiçi bölib ötdi.

Tadbirda yoş iqtidorli şaxmatçilar safini kengaytiriş orqali professional şaxmatçilar va xalqaro grossmeysterlar etib tayyorlaş bugungi kunning muhim vazifasi ekanligigi alohida qayd etildi.
 
Bundan oldin, grossmeyster Gulruxbegim Tohirjonova AQŞ nomidan dona surişi, Nafisa Möminova va Hulkar Tohirjonova terma jamoadan çiqarilgani xabar berilgandi.