Vazirlar Mahkamasining “Informatika va axborot texnologiyalari fani” öqituvçilarining raqamli texnologiyalardan foydalaniş könikmalarini aniqlaş böyiça sertifikatlaş milliy tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan işlab çiqilgan.
Mazkur qaror loyihasida umumta'lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari fani” öqituvçilarining raqamli texnologiyalardan foydalaniş könikmalarini aniqlaş va sertifikat beriş tartibi belgilanmoqda.
Loyiha ilovasi bilan öqituvçilarning raqamli texnologiyalardan foydalaniş könikmalarini egallaş darajasi böyiça sertifikat 3 yil muddatga berilişi va sertifikatga ega bölgan ixtisoslaştirilgan maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari fani” öqituvçilariga bazaviy tarif stavkasi böyiça foiz miqdorida har oylik ustama joriy etilişi nazarda tutilmoqda.
Unda, birinçi bosqiç natijasi böyiça eng yuqori ballning kamida 70 foizini töplagan öqituvçilarni ikkinçi bosqiçga tavsiya etiş va ikkinçi bosqiç natijalari böyiça eng yuqori ballning:
- 40-49 foizini töplagan öqituvçilarga 10 foiz miqdorida;
- 50-59 foizini töplagan öqituvçilarga 20 foiz miqdorida;
- 60-69 foizini töplagan öqituvçilarga 30 foiz miqdorida;
- 70-79 foizini töplagan öqituvçilarga 40 foiz miqdorida;
- 80-100 foizini töplagan öqituvçilarga 50 foiz miqdorida ustama joriy etiş nazarda tutilgan.
Şuningdek, öqituvçilarning raqamli texnologiyalardan foydalaniş (nazariy va amaliy) könikmalarini aniqlaş uçun topşiriqlar formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topşiriqlar turi, vaqt me'yori), baholaş mezonlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan tavsiya etilgan professor-öqituvçilar tomonidan işlab çiqilişi, Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanişi va saytiga joylaştirilişi belgilangan.
Bildirilişiça, “Informatika va axborot texnologiyalari fani” öqituvçilarining raqamli könikmalarni egallaş darajasini aniqlaş böyiça milliy tizim joriy etilib, nazariy va amaliy sinovlarni kompyuter (onlayn platforma)da ötkaziş imkoniyati yaratiladi.
Raqamli texnologiyalardan foydalaniş könikmalarini aniqlaş böyiça ötkaziladigan nazariy va amaliy sinovlar uçun öqituvçidan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblaş miqdorining bir yarim baravari miqdorida tölov undiriladi.









