Samarqand şahar hokimligida xalq deputatlari Samarqand şahar kengaşining sessiyasi bölib ötdi. Unda şahardagi transport harakatini tartibga soliş böyiça işlab çiqilayotgan konsepsiya körib çiqildi. Sessiyada OAV vakillari ham qatnaşdi.

30 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektor majlisida Samarqandda jamoat transporti faoliyatini şakllantiriş böyiça aniq körsatma bergandi: «Viloyat hokimligi va mutasaddi vazirliklarga Samarqand şahrida qulay transport tizimini yaratiş böyiça boş reja loyihasini işlab çiqiş topşirildi. Unda yirik çorrahalarning ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş, alohida yölakli avtobuslar harakatini taşkil etiş, köp örinli avtobuslar qöyiş va intervallarini qisqartiriş çoralari belgilanadi», deyilgandi xususan xabarda.

Öşa körsatmadan söng Samarqandda jamoat transporti faoliyatini yaxşilaş böyiça reja işlab çiqiş işlari boşlandi. Ayni damda Rossiyaning «SIMETRA» kompaniyasi Samarqand şahri va şaharning 40 km radiusidagi hududida transport harakatini tartibga keltiriş böyiça reja ustida işlamoqda. Reja 1 sentyabr kuni tayyor bölişi ma'lum. Ungaça rossiyalik mutaxassislar odamlar örtasida turli xil sörovnomalar ötkazib, OAV yordamida jamoatçilik fikrini örganib boradi.

«SIMETRA» kompaniyasi mutaxassisi Kristian Byottger mutaxassis sessiyada çiqiş qildi: «Biz transport vazirligi tomonidan çaqirildik va vazifamiz Samarqand şahridagi jamoat transporti masalasida aniq reja işlab çiqiş. Samarqanddagi jamoat transporti zamonaviy va sifatli bölişi kerak deb öylayman, çunki Samarqand maşhur şahar. Men Germaniyada tuğilganman va biz uçun Samarqandga keliş özgaça orzu edi. Sizda sayyohlarni jalb qiladigan tarix bor, lekin ularga xizmat körsatiş uçun taşkil qilingan servislar, xususan, jamoat transporti ham şunga mos bölişi kerak deb öylayman.

Işlab çiqayotgan rejamizda jamoatçilik fikrini örganamiz. Odamlar qanday öylaşiga qarab rejamiz özgarişi mumkin va 1 sentyabrgaça u tayyor böladi. Bizning kompaniya 2005 yildan transport harakatini şakllantiriş böyiça işlab kelamiz. Samarqandda esa 40 km radiusdagi transport harakatini tartibga soluvçi reja işlab çiqişimiz kerak.

Biz ötgan yili Rostov şahridagi transport rejasini işlab çiqqanmiz. Şuningdek, Çelyabinsk, Almati, Kişinyov, Krasnodar şaharlarida ham transport rejalarimizni amalga oşirganmiz. Firmamiz Moskvada ham işlagan.