
Yangi majmua Toshkent markazidagi xiyobon o‘rnida quriladi: Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari oralig‘ida, Markaziy univermag (TsUM) qarshisidagi hudud tanlangan.
«Istiqlol» kompleksi qurilishi prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil dekabrda imzolagan, mamlakat mustaqilligining 30 yillik bayramiga doir qarorda ko‘zda tutilgan.
Qarorda yozilgandiki, yodgorlik kompozitsiyasi «mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan» bo‘ladi.
Poytaxt hokimligi loyiha konsepsiyasi bo‘yicha tanlovni 3 fevralda e'lon qildi. Qatnashishni istaganlar 7 fevralgacha ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Tanlov 7 mart kuni yakunlanadi.
G‘oliblar hukumat tarkibida, O‘zFA Tarix instituti direktori Azamat Ziyo raisligida tashkil etilgan Respublika ishchi komissiyasi tomonidan 10 martgacha aniqlanadi.
Uch nafar g‘olibga mos ravishda 300, 200 va 100 mln so‘m pul mukofotlari beriladi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, takliflar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- majmuaning bosh g‘oyasi;
- majmuaning tuzilmasi – bosh rejasi (maydondagi ko‘p yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolish sharti bilan);
- majmuaning asosiy ramzi va timsollari;
- majmuada aks ettiriladigan tarixiy voqeliklar (o‘zbek davlatchiligining 3000 yillik tarixi, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy sohalardagi yutuqlarini inobatga olgan holda);
- tarixan mamlakatimiz rivoji va mustahkamlanishida o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, milliy qaxramonlarimizni majmuada tasvirlab berish;
- moddiy madaniyat durdonalari, buyuk davlat va harbiy arboblar, atoqli ayollar, ilm-fan va madaniyat arboblari, milliy ozodlik kurashi yetakchilari hamda olamshumul tarixiy voqealarni aks ettirish;









