Iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş departamentining Çimboy tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda tumandagi umumiy örta ta'lim maktab binolarini joriy ta'mirlaşda amalda bajarilmagan quriliş işlarini hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritilib, iş hajmini qöşib yoziş orqali 36-maktab böyiça 290,9 mln söm va 44-maktab böyiça 161,6 mln söm budjet mablağlari özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilingani, tuman xalq ta'limi bölimi tomonidan esa uşbu jamiyatlar hisob raqamiga pullar töliq ötkazib berilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Samarqandda maktab qurilişi uçun davlat tomonidan ajratilgan 631 million söm talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.

Özbekistonda 2021–2023 yillarda 13 934 örinli 31ta yangi maktab qurilişi rejalaştirilgan.