Oliy Majlis Senatining ön ikkinçi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakilini (ombudsmanni) saylaş töğrisidagi masala körib çiqildi.
Feruza Farhodovna Eşmatovani Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) etib saylaş töğrisida Oliy Majlis Senatining qarori qabul qilindi.
Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Öz navbatida, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisi etib Malika Akbarovna Qodirxonova saylandi.

U şu kunga qadar Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasida faoliyat yuritayotgan edi.
Eslatib ötamiz, şu yilning 15 yanvar kuni bölib ötgan Qonunçilik palatasining yiğilişida deputatlar ham Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) lavozimiga Feruza Eşmatova nomzodini ma'qullagan edi.
Feruza Eşmatova 1979 yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. 2000 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Yuridik fanlar doktori.
2002-2015 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida faoliyat yuritgan. 2015-2020 yillarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati bölgan. 2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisi sifatida işlab kelgan.
2015 yildan buyon Oliy Majlis inson huquqlari böyiça vakili lavozimida Uluğbek Muhammadiyev işlab kelayotgandi. U 1995 yildan buyon Ombudsman bölgan Sayyora Raşidovaning örnini egallagandi.
















