Agentlik özbekistonliklarni sönggi kunlarda Rossiyaning turli hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyişlarda iştirok etmaslikka, Rossiya qonunlariga rioya etişga va odamlar köp töplanayotgan joylarga bormaslikka çaqirgan.
«Bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnaşiş çet el fuqarolari uçun Rossiya qonunlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiliş yoki davlatdan majburiy çiqarib yuborişga olib kelişi mumkin», deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib ötamiz, rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Germaniyadan qaytgaç qamoqqa olingaç, uning tarafdorlari har haftaning yakşanba kunlari norozilik namoyişlari ötkazişmoqda. 31 yanvar kuni ham Rossiyaning turli şaharlarida, xususan, Moskvada, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Nijniy Novgorod, Tver va boşqa şaharlarda Navalniyni qöllab-quvvatlab ötkazilgan aksiyalarda 5 mingdan ortiq kişi qölga olindi.

















