Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2020 yil sentyabr oyidan buyon Farğona viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelgan Xayrulla Bozorov haqida gapirib ötdi.
«Men Bozorovni 5 yilmas, 10 yilmas, 15 yildan beri bilaman. U xalqparvar, ğödaymagan. Şunça yil işlab özgarmadi, endi ham özgarmaydi. Mana viloyatda 4 oy işlab kördi, sinovinglardan ötdi. Muammoni yelkasiga olişni biladi.
Keça menga 50ta masala qöydi. Har safar izlanişda. Men içimda xursand böldim, lekin bildirmadim. Çunki, rahbar muammoni qöyganda özi uçun emas, şu xalq manfaati uçun söraydi. Birorta gapiga yöq deganim yöq. Albatta, loyihalar uçun pul, mablağ kerak. Pul topiş qiyin. Ammo topib beramiz.
Viloyatda marra katta, unga erişişi şart. Men Bozorovni juda yaxşi bilaman. Çustda hokim bölganida köp qiyinçiliklar körgan. Unda men boş vazir edim. Odamlarning dardini biliş, odamlarni tinglaşni yaxşi biladi. Farğonada marra katta olingan. Uni bajariş oson emas. Sizlar Bozorov bilan ozmi-köpmi işlab kördilaring. Bugun sessiyani boşqaça ötkazamiz», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirgan bloger Aziza Qurbonova.

















