Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğonadagi yiğilişda huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlari bilan ham suhbatlaşdi.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, davlat rahbari yangi qaror çiqişi va içki işlar tizimida maoşlar oşirilişi mumkinligini anonslagan.
«Jinoyatçilik sababi – işsizlik. Agar bandlikni ta'minlasak, jinoyatçilik öz-özidan kamayadi.
Jinoyatçilar kimlar, ularni panohiga olib ötirganlar kimlar? Har birining tagiga yetiş kerak. Qonun ustuvorligini, jazo muqarrarligini hamma bilişi şart. Şunda jinoyatçilik kamayadi. Bu borada sizlar tizimli işlaşlaring kerak.
Yaqinda yangi qaror çiqadi. Tizimni özgartiramiz, yangiliklar kiritamiz.
Men içki işlar xodimlaridan minnatdorman. Pandemiya vaqtida osoyiştaligimizni ta'minlaş böyiça ular özini körsata oldi. Şuning uçun ularning maoşini kötariş, sifatli öqitiş va yordam körsatiş böyiça çora-tadbirlar köryapmiz.
Bir narsani unutmasligimiz kerak, qaçon jinoyatçilikni kamaytirsak, xalq bizdan rozi böladi», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari Farğonaga ikki kunlik taşrifini yakunlab, Toşkentga qaytib keldi.
Eslatib ötamiz, yanvar oyidagi prezident selektorlaridan birida Yoşlar işlari agentligi tizimida maoşlar oşirilişi haqida gap ketgandi.












