Prezident qarori bilan Özbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi kotibiyatining moliyaviy qoidalari töğrisidagi bitimga qöşildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Bitim 2012 yil 23 avgustda Bişkek şahrida imzolangan. Unda kotibiyat faoliyatini moliyalaştiriş manbalari, budjetini şakllantiriş va ijro etiş tartibi belgilangan.

Taşqi işlar vazirligi bitimni amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan vakolatli organ etib belgilandi. Unga Özbekistonning mazkur bitimga qöşilişi hamda uni amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan vakolatli organ haqidagi tegişli bildirişnomani depozitariyga yuboriş topşirildi. Bitimning özi mazkur bildirişnoma olinganligi tasdiqlangandan keyin kuçga kiradi.

Ma'lumot uçun, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi 2009 yil 3 oktyabrda Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkiya örtasida imzolangan Naxiçevan bitimi bilan tuzilgan xalqaro hukumatlararo taşkilot hisoblanadi. Taşkilotning asosiy maqsadi qardoş mamlakatlar örtasidagi işonç va aloqalarni mustahkamlaş, savdo, iqtisodiyot, transport, energetika, turizm va madaniy-ma'rifiy sohada hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqada tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş sa'y-harakatlarini muvofiqlaştirişdan iborat.

Özbekiston 2019 yil sentyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan bitimini ratifikatsiya qildi.