Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviatashuvchilar va turoperatorlarga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismi qaytariladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini qaytarish mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.
Mazkur qaror loyihasi bilan 2021 yil 1 martdan 2022 yil 1 iyunga qadar ichki turizmni ommalashtirish doirasida O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun quyidagi xarajatlarning bir qismini qaytarish mexanizmi joriy qilish taklif etilmoqda:
- aviatashuvchilarga – ichki turizm yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlarda aviachipta narxining 25 foizi;
- turoperator va turagentlarga – O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan avia va temir yo‘l chiptalari narxining 15 foizi hamda joylashtirish vositalarining joylashtirish bo‘yicha xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi.
Shu bilan birga, turoperator va turagentlarga xarajatlarning bir qismini qaytarish sayohat amalga oshirilgan hududlardagi joylashtirish vositalarida kamida bir kecha tunab qolish sharti bilan taqdim etilishi belgilangan.
Loyihaga asosan vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Maxsus komissiya tashkil etiladi va unga:
- yo‘lovchi tashuvchilar, turoperator va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning Maxsus komissiyaga kiritgan takliflariga asosan subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovlar yo‘nalishlari hamda chipta narxlarini belgilash;
- Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi takliflariga asosan turoperator va turagentlarning joylashtirish vositalarining mehmonxona xizmatlari narxining eng yuqori miqdorini o‘rnatish vakolatlari taqdim etiladi.
Loyiha qabul qilinishi natijasida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 16 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:02 / 21.05.2026
Mehmonxonalar uchun yangi nazorat tizimi joriy etiladi
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
14:40 / 21.03.2026