Saidjamol Sultonov Toşkent şahrining Bektemir tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Saidjamol Sultonov 1980 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 2002 yilda Toşkent Moliya institutini tamomlagan.
U 2018 yildan hozirgi vaqtgaça Özbekiston Savdo-sanoat palatasi Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Bektemir tumaniga sönggi yarim yil içida uçinçi hokim tayinlanmoqda. 2020 yil avgustida tumanga 2018 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Şohrux Mamajonov prezidentning tumanga taşrifidan söng barça sektorlar rahbarlari — prokuror, IIO FMB boşliği va davlat soliq inspeksiyasi rahbari bilan birgalikda işdan olingandi. Uning örniga Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari Jahongir Ibrohimov tumanning yangi rahbari etib tayinlangandi. U bu lavozimda 5 oyga yaqin vaqt işlagaç, 2021 yilning yanvarida Yunusobod tumani hokimligiga ötkazildi.















