Davlat bojxona qömitasining «oçiq bojxona» tizimi ma'lumotlariga köra, 2020 yilda bojxona organlari tomonidan 37,302 milliard sömlik dori-darmon mahsulotlari musodara qilingan. Uşbu tovar turi bilan boğliq 509ta huquqbuzarlik aniqlanib, 2019 yilga nisbatan huquqbuzarlik holatlari 15taga, musodara qilingan dori-darmon mahsulotlari qiymati jihatidan 19,746 mlrd sömga oşgan.

Şuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari böyiça 385ta huquqbuzarlik aniqlanib, 4,450 mlrd sömlik tovar musodara qilingan. 2019 yilga nisbatan holatlar soni 631taga kamayib, uşlab qolingan tovarlar örtasida farq 1,802 mlrd sömni taşkil qildi.

Bundan taşqari, bojxona organlari xodimlari tomonidan eng köp musodara qilingan tovarlar röyxatidan alkogol va tamaki mahsulotlari ham örin olgan. 2020 yilda 565 million sömlik alkogol, 25,277 mlrd sömlik tamaki mahsulotlari musodara qilingan. Alkogol mahsulotlaridagi huquqbuzarlik holatlari 2019 yilga nisbatan 71 foizga, tamaki mahsulotlarida 59 foizga kamaygan.

Bojxona postlarida 2020 yil davomida qişloq xöjaligi mahsulotlari bilan boğliq 158ta huquqbuzarlik aniqlangan bölsa, musodara qilingan tovarlar qiymati 4,450 mlrd sömni taşkil etgan.

Bojxona organlari xodimlari tomonidan musodara qilingan tovarlar «Davlat daromadiga ötkaziladigan mol-mulkni olib qöyiş, sotiş yoki yöq qilib taşlaş tartibi töğrisida»gi nizomga muvofiq sotib yoki yöq qilib yuboriladi. Unga köra, etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qöşimçalar, oziq-ovqat qöşimçalari, ekspertiza xulosasiga köra bevosita iste'mol (foydalaniş) uçun yaroqsiz deb tan olingan oziq-ovqat tovarlari, asarlarning va turdoş huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalari va nizomda nazarda tutilgan boşqa tovarlar majburiy tarzda yöq qilib taşlanadi. Majburiy yöq qilinadigan tovarlar röyxatiga kirmaydigan bojxona postlarida musodara qilingan boşqa tovarlar sotib yuboriladi.