Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev «Istiqlol» majmuasining qurilişi masalasida jamoatçilik bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Hokim mustaqillikning 30 yilligiga atalgan majmua qurilişi uçun tanlangan Markaziy univermag yonidagi xiyobonda birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmasligini ta'kidladi.
«Agar bu yerda öşa majmua qurilsa, 100 yillar davomida bu parkka heç kim tegmaydi. Men hozir şahar hokimiman. Bu boğni saqlab qolişim mumkin. Ammo men ketganimdan keyin keladigan hokim bu joyni mehmonxona qurilişiga berib yuboradi. Şuning uçun mustaqillik ramzi şu yerda qurilişi kerak.
Agar boğdagi bir dona daraxt kesilsa, men öşa kuniyoq ariza yozib lavozimimdan ketaman», – dedi Jahongir Ortiqxöjayev 13 fevral kuni xiyobondagi uçraşuvda.



Eslatib ötamiz, şahar hokimligi yangi majmua qurilişi uçun Markaziy univermag (TsUM) yonidagi serdaraxt boğni tanlagani e'tirozlarga sabab böldi.
Majmua loyihasi uçun tanlov e'lon qilingaç, köp ötmay bir guruh faollar bunga qarşi petitsiya boşlaşdi. Onlayn petitsiyada 7 mingdan ortiq kişi ovoz bergan, bevosita 5 mingdan ortiq fuqarodan yiğilgan imzolar prezidentning Xalq qabulxonasiga topşirilgan.
E'tirozlardan söng, xiyobondagi barça daraxtlar xatlovdan ötkazildi, hokimlik ular himoyaga olinişini bildirdi.
Yodgorlik kompozitsiyasi «mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan» böladi. Majmuaning loyiha konsepsiyasi böyiça

















