Tekshiruv davomida Urganch tumanining Begovot qishlog‘i, “Qo‘ng‘irot” mahallasida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yashirin yo‘llar bilan, tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga D-50 mm bo‘lgan polietilen quvur yordamida noqonuniy ulanib, 10 dona qo‘lbola yondirgichdan foydalangan holda ohak pishirilayotganligi aniqlandi.
Ushbu ohak ishlab chiqarish sexi 2020 yilning qish mavsumida kafolatlanmagan iste'molchi sifatida tabiiy gaz ta'minotidan uzilgan. Hozirda mazkur iste'molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta'minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘mni tashkil etdi, deyiladi “Hududgaz Xorazm” matbuot xizmati xabarida.















