Maketda, avval aytilganidek, boğning daraxtzor qismida quriliş bölmasligi, faqat xiyobonning oçiq maydon qismiga stela (yodgorlik monumenti) örnatilişi aks etgan.

Mustaqillikning 30 yilligiga atab qöyiladigan stela hozirgi metall konstruksiya va kiyik installyatsiyalari qöyilgan joyda böladi. Stela şamoyili va butun boğ hududini obodonlaştiriş böyiça e'lon qilingan loyihalar tanlovi 7 martda yakunlanadi.

Maket 17 fevral kuni xiyobonga joylandi. Taqdimotda qatnaşgan hokim örinbosari Furqat Mahmudxöjayevning sözlariga köra, hozir boğda 1698ta daraxt bor. U daraxtlarning barçasi xatlovga olingani va heç biri kesilmasligini eslatib ötdi.

Mahmudxöjayev qöşimça qilişiça, boğda steladan boşqa inşoot qurilmaydi.

Stelani quriş çoğida boğ landşaftiga zarar yetişi mumkinligi haqidagi xavotirlarga munosabat bildirarkan, hokim örinbosari quriliş texnikalari xiyobon hududiga qanday kirib-çiqişi masalasi «körib çiqilayotgani»ni aytdi. Buning uçun Şarof Raşidov köçasi tomondagi tösiqlar vaqtinça olib turilişi mumkin.

Boğ rekonstruksiya sababli yopiladimi-yöqmi, hali ma'lum emas.

Yodgorlikni boşqa joyga örnatiş masalasida jurnalistlar bergan savolga Furqat Mahmudxöjayev bergan javobdan anglaşiladiki, stelaning aynan şu yerga örnatilişi böyiça hokimlikning qarori qat'iy va bu borada yakuniy qarorga kelib bölingan.