Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shulardan 9ta holatda noqonuniy ravishda sarflangan 837,7 mln so‘mlik mablag‘lar aybdor shaxslardan shirkatlar foydasiga qaytarilgan. 

Qayd etilishicha, 16ta holatda 282,4 mln so‘m ish hajmiga qo‘shib yozilganiga oid muammolar joyida bartaraf etilgan. 136ta holatda 5,6 mlrd so‘mlik mablag‘larni talon-toroj qilganiga oid to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan.