Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan şahridagi xonadonlardan birida mehmon bölib, xonadon ahli va ularning qöşnilari bilan muloqot qildi. Muloqot paytida şu yaqin atrofdagi masjiddan azon yangradi.
«Xudoga şukr, oldin azonlar eşitarmidik? Qanday quloqqa yoqimli!
Hamma narsa yopiq edi, köp narsa mumkin emasdi. «Mumkin emas...» Nimaga mumkin emas? Nimaga? Bu ham özligimizni anglaş, qadriyat!
Islom dinini öqigan, töğri tahlil qilgan, töğri yöl tanlagan odam heç qaçon kam bölmaydi. Dinimizning buyukligini, dinimizning insonparvarligini, ezguligini tarannum qilişimiz kerak. Bu ham bizning ertangi kunimiz, özligimiz, tariximiz.
Imom Buxoriy bobomizdek buyuk alloma qayerda bor, qaysi yurtda bor? Moturidiy, Termiziy, Marğiloniydek bobolarimiz qayerda bor?
Mana, Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazini qurganimiz ham özligimizni anglaş uçun. Yoşlarimizga bobolaring kim edi, sen kimga munosib bölişing kerak, kimdan örnak olişing kerak degan savollarni köndalang qöyiş vaqt-soati keldi», – dedi prezident.













