Ikkinçi kungi bahslarda 81 kg vazn toifasida tatamiga çiqqan özbekistonlik dzyudoçi Şarofiddin Boltaboyev barça bellaşuvlarda ğalaba qozonib, turnir çempioniga aylandi va Tokio Olimpiadasi yölida 1000 oçkoni qölga kiritdi. 

Boltaboyev finalgaça Dorin Gotonoaga (Moldova), Aleksandr Vizerçak (Germaniya), Styuart Mavkatt (Buyuk Britaniya) va Fran de Vitdan (Niderlandiya) ustun kelgan bölsa, hal qiluvçi bahsda möğulistonlik Said Mullaini mağlub etdi.

Şu tariqa uşbu turnirda Özbekiston milliy jamoasi hisobidagi medallar soni 3taga yetdi. Bungaça Sardor Nurillayev va Muhriddin Tilovov bronza medalini qölga kiritişgandi.