Vazirlar Mahkamasining 19 fevraldagi qarori bilan, Komiljon Sobiroviç Komilov Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutining rektori etib tayinlandi.

Komiljon Komilov 1980 yil Andijon viloyatida tuğilgan. 2002 yilda Toşkent davlat agrar universitetini paxtaçilik mutaxassisligi böyiça tamomlagan. U bungaça Toşkent davlat agrar universiteti Andijon filiali direktori edi.

Eslatib ötamiz, Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti 2020 yil yozida, Toşkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida taşkil etilgandi.

Şuningdek, Nasridin Mirzoodiloviç Jabborov Toşkent şahridagi Belarus-Özbekiston qöşma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijroçi direktori etib tayinlangan.