Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. Kazemironing goli «Real»ga «Valyadolid» ustidan g‘alaba keltirdi
Ispaniya chempionatining 24-turida «Real» mehmonda «Valyadolid»ni Kazemironing yagona goli evaziga mag‘lub etdi.
«Real» ochkolarini 52taga yetkazib, peshqadam «Atletiko» (55) bilan o‘rtadagi farqni 3 ochkogacha qisqartirdi. «Valyadolid» 21 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.
La Liga, 24-tur
Valyadolid — Real 0:1
20 fevral, «Xose Sorrilya»
Gol: Kazemiro (65).
Valyadolid – Masip, Yanko (Jota, 61), Bruno Gonsales, Peres, Xoakin Fernandes, Orelyana, Alkaras (San-Emeterio, 84), Mesa (Kodro, 73), Kike Peres (Plano, 84), Nacho Martines, Gvardiola (Veysman, 73).
Real – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Modrich, Asensio (Arribas, 66), Kroos, Vinisius Junior (Isko, 66), Mariano Dias (Duro, 66).