UzAuto Motors 2021 yil yanvar oyida 5235 ta avtomobil işlab çiqardi. Bu – bir yil oldingi körsatkiçdan 4,2 barobarga kam: 2020 yil yanvarida kompaniya 22 mingta avtomobil işlab çiqargandi.
Statqöm xabariga köra, yengil avtomobil işlab çiqarişdagi pasayiş dekabr–yanvar oylarida Asakadagi zavodda işlarning töxtatilişi bilan izohlangan.
2020 yil yanvar oyida UzAuto Motors 5078ta «Cobalt» işlab çiqargan bölsa, bu raqamlar joriy yilning ilk oyida 101 tani taşkil etgan. «Nexia T-250» (5962tadan 88tagaça), «Lacetti-Gentra»(4340tadan 2tagaça) va «Spark»(2320tadan 39tagaça) modellari ham kamaygan. Bu modellar Asakadagi zavodda işlab çiqariladi.
Xorazmdagi zavodda işlab çiqariladigan «Damas» (3989tadan 4335tagaça) va «Labo» (311tadan 670tagaça) işlab çiqariş hajmi oşgan.
Bundan taşqari, Özbekistonda 2021 yil yanvarida 6 dona avtobus işlab çiqarilgan. Taqqoslaş uçun, 2019 yil yanvarida 74ta, 2020 yil yanvarida esa 51ta avtobus işlab çiqarilgandi.
Yilning ilk oyida traktor işlab çiqariş ham sezilarli kamaygan: bor-yöği 5 ta traktor işlab çiqarilgan. Bir yil oldin bu körsatkiç 25ta, ikki yil oldin esa 9tani taşkil etgandi.
2021 yil yanvar oyida 250 dona yuk avtomobili işlab çiqarilgan. Ötgan yilning mos davrida bu raqam 272ta edi.

















