Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev birinchi navbatda surunkali kasalliklari bor aholi vakillari emlanishi shartligini aytib o‘tdi.

«Chunki qandli diabet, gipertoniya va boshqa surunkali kasalligi bor fuqarolarda kasallik asoratlari juda katta ta'sir qiladi. Shuning uchun emlash jarayonida ular avvalo tibbiy ko‘rikdan to‘liq o‘tkaziladi va sog‘lig‘ida keskin o‘zgarishlar kuzatilmasa albatta emlanadi», degan vazir o‘rinbosari.

Ma'lum qilinishicha, respublikada bitta milliy vaksina saqlash omborxonasi, 14ta hududiy vaksina saqlash omborxonalari, 206ta tuman (shahar) vaksina saqlash omborxonalari mavjud bo‘lib, vaksinalarni tashish uchun 17ta avtorefrijyerator, 206ta mini-avtorefrijyerator, 457ta sovitkichlar, 148ta generatorlar, 10 ming 121ta termosumkalar va termokonteynerlar shay holatga keltirilgan.