Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga köra, 24-27 fevral kunlari Özbekistonga Volga böyi orqali Rossiyaning Yevropa qismi hududlari ustida şakllangan sovuq va nam havo kirib kelişi sababli harorat keçasi 17-22 daraja va kunduzi 10-15 daraja sovuq bölişi kutilmoqda.

Şu munosabat bilan mevali boğ va uzumzorlar, ertangi kartoşka va sabzavot ekinlarini sovuq urişidan asraş maqsadida vazirlik tomonidan ehtiyot çoralarini köriş tavsiya etildi. Unga köra, mevali boğ va uzumzorlarning qator oralaridan suğoriş ariqlari olinib, iloji boriça kam miqdorda suv oqiziş, mevali boğ va uzumzorlar qator oralariga mahalliy öğit aralaş xaşak, poxol, şox-şabba uyumlarini töplab, tutatiş kerak böladi. Tutatişda şamol yönalişi e'tiborga olinişi va olov alangalanib ketmasligiga e'tibor beriş söraladi.

Ertangi kartoşka yerdan unib çiqqan bölsa, egatni polietilen plyonka bilan yopiş yoki yopişning iloji bölmagan maydonlarda keçki suv quyişni taşkil etiş va bu yerda ham tutatişni taşkil etiş kerak.

Issiqxonalarda pomidor, şirin qalampir va baqlajon köçatlarini tayyorlaşni, bodring va poliz ekinlari uruğlarini ekişni vaqtinçalik töxtatib turiş tavsiya qilinadi.

Vazirlik matbuot kotibi Nigora Xöjayeva tutun uşbu holatda issiqlik berişi hamda sabzavot va ekinlarni sovuqdan urişidan asraşini ta'kidlab ötdi. Sovuqqa çidamli sabzi, piyoz, sarimsoqpiyoz, oş lavlagi, karam va kökat sabzavotlar kabi ekinlarga 2-3 darajadagi sovuq sezilarli ta'sir körsatmasligi ma'lum qilindi.