O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadiganlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi. Bunga blogerlar, OAV, transport xodimlari, mehnat migrantlari va xorijda tahsil olayotgan talabalar ham ushbu ro‘yxatga kiritilganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar sabab bo‘ldi.

22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyevning aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlarga oid axboroti tinglandi. Yig‘ilishda koronavirusga qarshi birinchi navbatda vaksina oluvchilar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilishi ma'lum qilingan.
«Parlament eshituvida xalq vakillari keksa va nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ya'ni «Temir daftar»ga kiritilgan va nogironligi hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini birinchi navbatda emlash ishlarini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi, degan taklifni ilgari surdilar.
Deputatlar ta'kidlaganidek, ayni kunlarda koronavirusga qarshi birinchi navbatda vaksina oluvchilar ro‘yxatiga jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari hamda jamoat transporti xodimlari, shuningdek chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar va mehnat migrantlari ham kiritilganligi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur ro‘yxatni adolatli tarzda qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Mazkur masala yuzasidan xalq vakillari tomonidan Hukumatga bir qator takliflar berildi», deyiladi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida.
Xalq vakillarining hududlardagi faoliyati doirasida koronavirusga qarshi emlash ishlarining tashkil qilinish jarayonlari ustidan ham ta'sirchan parlament nazorati o‘rnatilishi aytib o‘tilgan.
- Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalist, bloger, OAV xodimlari, jamoat transporti xodimlari (metropoliten, temir yo‘l, aeroport xodimlari), chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar, mehnat migrantlari ketma-ketlikda, bepul emlanishi haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
-
Bundestag mudofaa xarajatlarini oshirishga yordam beradigan qonunni ma’qulladi
Jahon | 22:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi

16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi

16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi

17:48 / 01.11.2024