Bugun, 22 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida deputatlar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği, soğliqni saqlaş vaziri örinbosari B.Yusupaliyev hamda innovatsion rivojlaniş vaziri I.Abdurahmonovning «Özbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qiliş va sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta'minlaş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar, şu jumladan, aholini koronavirusga qarşi emlaş borasida rejalaştirilayotgan işlar töğrisida»gi axborotini eşitişdi.

Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, parlament eşituvida pandemiya davrida amalga oşirilgan işlar bilan boğliq ayrim raqamlar ma'lum qilingan.

Xususan, mamlakatda koronavirus infeksiyasining ilk alomatlari aniqlangandan keyin, qisqa muddatda Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida 20 ming örinli karantin markazi qurilib, foydalanişga topşirilgan. Şuningdek, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida jami 7 085 örinli hamda hamda Toşkent viloyati Zangiota tumanida 4000 örinli maxsus şifoxonalar qurilib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

2020 yil 15 martdan 31 dekabrgaça Özbekistonga 2 mln 25 ming nafar fuqaro kirib kelgan. Ulardan 1 mln 600 ming nafari karantinga olingan. 2021 yil 1 yanvardan şu kungaça 448 ming nafar fuqaro respublikamizga kirib kelgan va 105 ming nafari uy karantiniga olingan.

Şu bilan birga, 36 280 nafar tibbiyot xodimlari koronavirus kasalligini davolaşning sönggi usullari yuzasidan 18 soatlik va 6 soatlik öquv dasturlari böyiça öqitildi. Xususan, mavzuli malaka oşiriş kurslarida davolaş-profilaktika muassasalarining jami 2 908 nafar zaxira şifokorlari, jumladan, 421 nafar reanimatolog, 349 nafar pediatr va 2 138 nafar statsionar palata şifokorlari öqitilgan.

Koronavirus infeksiyasi pandemiyasining yuqori çöqqisi davrida respublikada jami 159ta muassasada 25 ming 200ta, şu jumladan, 2 ming 500ta reanimatsion örinlar hamda qöşimça ravişda 58ta saralaş-taqsimlaş markazlarida 15 mingta örin, şu jumladan, 1 225ta reanimatsiya örinlari taşkil etilgan.

Bugungi kunga qadar koronavirus aholi orasida tarqalişining oldini oliş va bemorlarini davolaş işlarida Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya va Germaniya davlatlaridan kelgan 140dan ortiq mutaxassislar iştirok etişdi.

«Inqirozga qarşi kuraşiş» jamğarmasi hisobidan koronavirusning yangi turi kirib kelişi va tarqalişining oldini olişga qaratilgan tadbirlarga jami 4 trillion 825 mlrd söm mablağ ajratilgan.

Şundan: