Bu haqda Harakatlar strategiyasining 4 yillik faoliyatiga bağişlangan xalqaro forumda Soğliqni saqlaş vazirligi vakili Öktam Ismoilov ma'lum qildi.

Ismailovning sözlariga köra, koronavirus pandemiyasi davrida Özbekiston böylab qariyb 30 ming örinli davolaş maskanlari taşkil etilgan.

«Uşbu maskanlar 85 mln dollarlik 3 ta MSKT, 56 ta rentgen, 2 303 ta funksional krovat, 2 960 ta SIPAP, 5 537 ta kislorod konsentratori, 1 850 ta IVL, 1 564 ta kardiomonitor, 150 ta PZR apparati va boşqa zaruriy anjomlar bilan ta'minlandi.

Pandemiyaga qarşi kuraşiş uçun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, çet ellik 150 nafar yuqori malakali şifokor va mutaxassislar jalb etildi. Yurtimizda faoliyat körsatayotgan 36 280 nafar tibbiyot xodimlari koronavirus kasalligini davolaşning sönggi usullari yuzasidan öqitildi.

Şuningdek, ötgan vaqt davomida 10 ta hududda rentgenendovaskulyar (angiografiya) bölimlari, 8 ta viloyatda kardioxirurgik «oçiq yurak» operatsiyalarning amalga oşirilişi yölga qöyilib, respublikada ilk bor 10 kg vazndan kam bölgan bolalarda yurakda oçiq jarrohlik amaliyoti bajarildi.

2021 yilda qöşimça ravişda 100 ta oilaviy şifokor punkti va 24 ta oilaviy poliklinika, endokrin kasalliklarini aniqlaş va davolaş maqsadida hududiy şifoxonalarda maxsus bölimlar taşkil etiladi.

35 ta tumanlararo qöşma şikastlanişlar va ötkir qon-tomir kasalliklari markazlari taşkil etilib, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida buyrak transplantatsiya amaliyotini ötkaziş yölga qöyiladi», – deya SSV vakilining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yilda Özbekistonda 272 ta yangi xususiy tibbiyot muassasasi taşkil etilişi rejalaştirilgan.