Hukumatning «Diplomat university» nodavlat oliy ta'lim taşkiloti faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Hujjatda «Diplomat university» oliy öquv yurtini taşkil etiş belgilanmoqda.
Qaror loyihasiga köra, universitet ta'lim dasturi Özbekiston va dunyodagi yetakçi xorijiy oliy öquv yurtlari ta'lim dasturlari bilan hamohang tarzda işlab çiqiladi. Öquv jarayoniga çet el yetakçi universitetlarining professor-öqituvçilari, olimlar va mutaxassislar jalb etiladi. Universitet öqituvçilari malaka oşiriş va qayta tayyorlaş uçun nufuzli xorijiy oliy öquv yurtlari va ilmiy muassasalariga amaliyotga jönatiladi.
Belgilanişiça, «Diplomat university»ga «The times higher education» TOP-1000 reytingiga kiritilgan çet el universitetlarining Özbekistondagi filialini oçiş huquqi beriladi.
Universitetda öqitiş özbek, rus hamda ingliz tillarida ta'limning kunduzgi, masofaviy (onlayn) va keçki şakllarida, kredit tizimiga asoslangan holda amalga oşiriladi.
Qaror loyihasiga muvofiq, universitetda:
- iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, huquqşunoslik, xalqaro munosabatlar yönalişlarida ta'lim berilişi;
- bitiruvçilariga respublikada oliy ma'lumot töğrisidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan diplom berilişi;
- öquv dasturining ma'lum talablari va şartlarini bajargan talaba universitetni tugatgaç, ikkita mutaxassislik (double major) yoki asosiy va turdoş mutaxassislik (major+minor) böyiça diplom olişi mumkinligi tasdiqlanyapti.
Qarorga binoan, universitet Toşkent şahrida faoliyat yuritadi. 2022 yil 1 avgustga qadar barça turdagi soliqlarni tölaşdan ozod qilinadi.
Avvalroq, poytaxtda Toşkent amaliy fanlar universitetini taşkil etiş böyiça qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgani, şaharda nodavlat Yaponiya raqamli universiteti taşkil etilgani xabar qilingandi.











