Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda o‘tkaziladi. Dastlabki manzil sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati belgilanmoqda.
O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov rahbarligidagi ishchi guruhi joriy yilning 3-6 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, oliy sud raisi Kozimjon Komilov rahbarligidagi ishchi guruhi 4-6 mart kunlari Xorazm viloyatida ish olib boradi.
Ommaviy qabullar o‘tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin:


«Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma'lum qilinadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin», deyiladi prezident xalq qabulxonasining ma'lumotida.










