Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyaning sobiq qiroli soliqdan qarzlarini to‘lash uchun tanishlaridan qarz oldi
Unga yordam berishni istaganlar ro‘yxatida dastlab 30dan ortiq kishi bo‘lgan, oxir-oqibat ro‘yxatda 10 kishi qolgan. Faxriy qirolga qarz berganlar o‘z nomlarini oshkor qilishni istamagan.
Foto: AFP
2014 yilda Ispaniya qirolligi taxtidan voz kechgan Xuan Karlos I 4,4 million yevro soliq qarzdorligini to‘lash uchun do‘stlari va tadbirkorlardan qarz oldi, deb xabar bermoqda El Pais gazetasi.
Gazetaning yozishicha, sobiq qirolning tanishlari u bilan qarz shartnomasi imzolagan. Xuan Karlos I’ga yordam berish uchun aynan shu yo‘l tanlangan, chunki pul hadya qilish 40 foizgacha soliq to‘lanishiga olib kelishi mumkin edi.
Unga yordam berishni istaganlar ro‘yxatida dastlab 30dan ortiq kishi bo‘lgan, oxir-oqibat ro‘yxatda 10 kishi qolgan. Faxriy qirolga qarz berganlar o‘z nomlarini oshkor qilishni istamagan.
Juma kuni sobiq davlat rahbarining advokati faxriy qirolning soliqdan 4,4 mln yevro qarzdorligini tasdiqlagandi. El Pais nashrining ma'lumot berishicha, gap umumiy miqdori 8 mln yevrodan ortiq bo‘lgan deklaratsiya qilinmagan daromad haqida bormoqda.
O‘tgan yilning avgustida 1975 yildan 2014 yilgacha davlat rahbari bo‘lgan 83 yoshli Xuan Karlos I o‘g‘li, qirol Filipp VI’ga mamlakatni tark etmoqchi ekanligini aytgan. U BAAda ekanligi xabar qilingan.
Mavzuga oid
18:55 / 03.02.2026
Ispaniya o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklov qo‘ymoqchi
10:18 / 28.01.2026
Ispaniya 500 minggacha noqonuniy muhojirni legallashtiradi
09:32 / 28.01.2026
Ispaniya Rossiyaning “soya floti” tankerini qo‘lga olmadi
21:16 / 24.01.2026