26 fevral kuni Kun.uz saytida «San'at instituti talabasi 5 kundan beri komada. Kursdoşlar janjali jiddiy oqibatga olib keldi» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

27 fevral kuni Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi mazkur holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Bayonotda institut talabasi - Jahongir Akramovga nisbatan qöl jangi usuli qöllangani ta'kidlanadi.

«Joriy yilning 19 fevral kuni soat 12:30larda 18 yoşli Madamin A. va Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabasi, 20 yoşli Jahongir A. örtasida kelib çiqqan mojaro janjalga aylangan. Natijada, Madamin A. qöl jangi usulini qöllab, ikkalasi yerga yiqilgan. Yiqiliş jarayonida Jahongir A. beton tösiqqa boşi bilan urilgan. Oqibatda u tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIO FMB tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan oğir tan jarohati yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Madamin A. jinoyat işiga gumon qilinuvçi sifatida jalb qilingan. Tergov davom etmoqda», deyiladi Toşkent şahar IIBB bayonotida.

Ajablanarlisi, voqea tafsilotlarini örgangan profilaktika katta inspektori Ravşan Qurbonaliyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Jahongirni kursdoşining ukasi bexosdan itarib yuborgani, u boşi bilan yerga tuşgani oqibatida orqa miyasi şikastlanganini aytiş bilan kifoyalangan, biroq tortişuv çoğida qöl jangi usullari işlatilgani haqida lom-mim demagandi.

IIBB bayonotida dastlab Jahongir Akramov koma holatidan çiqqani, şifokorlar uning ahvolini mö'tadil deb baholayotgani aytilgan edi. Biroq, Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev, şuningdek, bemorning otasi Odiljon Valiyev Jahongir hamon komada ekanini, öziga kelmaganini bildirdi.

Kun.uz muxbiri mazkur holat yuzasidan izoh sörab boşqarma axborot xizmati mas'ul xodimi bilan boğlandi. U bu ma'lumotni tergov boşqarmasidagilar berişganini aytib, yana aniqlaştirib körişini ma'lum qildi. Şundan söng rasmiy bayonotga tuzatiş kiritilib, Jahongir Akramov yana komaga tuşib qolgani ma'lum qilindi.

Şahar IIBB axborot xizmati rahbari Irina Sayfiddinova Jahongir Akramov keça keçqurun közini oçgani, qöl va oyoqlarini qimirlatgani, biroq köp ötmay yana komaga tuşib qolganini ta'kidladi.