Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusoboddagi kvartirada besh talaba jasadi topildi. Ular noma'lum moddadan zaharlangani taxmin qilinmoqda
Toshkentning Yunusobod tumanida besh nafar talaba jonsiz holda topildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, ularning murdalari 27 fevral kuni soat 20:50larda «Firdavsiy» MFY, Injobod ko‘chasida ijarada yashab kelgan uydan topilgan. Jami besh nafar talaba – Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabalari M.U., R.S., D.G‘. va Singapur universiteti 2-bosqich talabasi O.I. hamda Inha universiteti 1-bosqich talabasi S.X. vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi «a» bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 27 fevral kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, jablanuvchilarning o‘limi noma'lum moddadan o‘tkir zaharlanish natijasida yuz bergan.
Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:30 / 23.06.2026
Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan uch fuqaro qutqarildi
21:04 / 24.02.2026
2025 yilda respublika bo‘yicha 44 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etildi – Sanepidqo‘mita
10:01 / 24.02.2026