«Örganiş davomida «AVTO TRANS SER» MÇJ transport vositalarining texnik holatini tekşiriş uçun tegişli guvohnoma olgani, xizmat narxini 50 ming söm qilib tasdiqlanişi böyiça Urganç şahar hokimligiga hamda Urganç şahar moliya bölimiga murojaat qilingani, ammo moliya bölimi tomonidan xizmat narxini belgilaşda vakolati yöqligi bildirilgani sababli jamiyat ta'sisçilari bilan kelişilgan holda, amalga oşirilgan xarajatlardan kelib çiqib, 65 ming söm qilib belgilangani aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1010-sonli qarori 5-bandida jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekşiriş böyiça tadbirkorlik sub'yektlari — yuridik şaxslarning xizmatlari uçun viloyat hokimligi tomonidan hududiy moliya organi bilan kelişgan holda tölovning çeklangan miqdori tasdiqlanişi belgilangan.

Hukumatning tegişli qaroriga köra, transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik körikdan ötkazilganligi uçun Içki işlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadigan miqdorlarda yiğim undirilişi;

transport vositasi texnik holatini tekşiriş xizmatlari uçun mazkur xizmatni körsatadigan sub'yekt tomonidan tasdiqlangan, biroq viloyat hokimi tomonidan viloyat moliya boş boşqarmasi bilan kelişgan holda belgilangan çeklangan miqdordan oşmaydigan tarif böyiça haq tölanişi belgilangan.

Şuningdek, örganişda viloyat hududida uşbu xizmat bilan şuğullanuvçi akkreditatsiyadan ötkazilgan (ruxsatnomaga ega bölgan) 9 ta sub'yekt faoliyat olib borayotgani ma'lum bölgan.

Xorazm viloyati Moliya boş boşqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan, aholi noroziligiga sabab bölayotgan holatlarni bartaraf etiş maqsadida jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekşiriş xizmati böyiça tölovning çeklangan miqdorini tasdiqlaş uçun viloyat hokimligiga qaror loyihasini kiritiş işlari olib borilmoqda.

Şu sababli viloyat hokimligi tomonidan jismoniy şaxslarga tegişli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekşiriş xizmati böyiça tölovning çeklangan miqdori tasdiqlanganidan keyin qöşimça ravişda ma'lumot beriladi», - deyiladi Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.