1 mart kuni Quriliş vazirligida «Sardoba suv ombori»ni qayta tiklaş masalalariga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev texnogen ofatdan «saboq çiqarilgani» haqida gapirdi.

«Sardoba» halokati hammamizga katta saboq böldi. Biz undan yetarliça xulosa qilganmiz.

Şu falokatdan keyin törtta nufuzli işçi guruh tuzildi va respublikadagi gidrotexnik inşootlarning barçasi qayta körib çiqildi. Bu örganişlar natijasi bilan yaqin orada Vazirlar Mahkamasining qarori çiqişi kutilyapti», – dedi vazir.

Arxiv foto: Kun.uz

Şavkat Hamroyev «Sardoba» suv ombori aslida nima uçun qurilgani haqida töxtaldi.

«Bu suv ombori 142,6 ming gektar maydonni egallagan. Unda töplangan jami suv esa 396,4 ming gektar maydonda suv ta'minotini yaxşiladi.

Soliştiriş uçun, avvallari bu hududlarda köp yillik suv ta'minoti örtaça 69 foizni taşkil qilgan. Suv kam bölgan yillarda esa hatto 60 foizga ham yetmasdi. Loyiha natijasida esa suv ta'minoti 92-93 foizga yetdi.

Bilasiz, transçegaraviy daryolar böyiça xalqaro masalalar bor.

Özbekiston özining energetik ehtiyojlarini ta'minlaş uçun Qirğizistondan qiş faslida suv çiqaradi. Bu jarayonda albatta, bizga me'yoridan köproq ham suv ötib ketadi. Bu juda katta suv degani.

Agar suv ta'minoti oğir hududlarda suv omborlari qurilsa, mana şu suvlarni uşlab qoliş hamda uni yozda işlatiş mumkin edi.

Bilasizlar, Özbekistonning suv imkoniyatlari öta çeklangan. Jumladan, Sovet ittifoqi davrida foydalanişimiz uçun 64 mlrd metr kub suv belgilangan bölsa, 1991-2000 yillarda 51-52 mlrd metr kub olganmiz.

Şuningdek, «Sardoba» qurilişigaça bölgan davrda biz suv uçun bir neçta Sardobaga ketadigan pullarni işlatdik.

Keyinroq biz öylay boşladik: qanday qilib katta xarajatlar qilmasdan qişda oqadigan suvni saqlab qoliş mumkin? Köplab maslahatlaşuvlar natijasida Özbekistonda jami 20ta suv ombori quriş rejalangandi. Ammo ulardan faqat 3-4tasiga qaror çiqarildi.