1 mart kuni Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini uç yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sobiq prezident belgilangan muddatning 2 yilini şartli ravişda ötaydi.

Forbes Sarkozi va u kabi ozodlikdan mahrum qilingan sobiq prezidentlar töğrisida ma'lumot berdi.

Fransiyaning 23-prezidenti Nikolya Sarkozi
Prezidentlik davri: 2007-2012

Sadak Souici / ZUMA / TASS

1 mart kuni Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya va amalidan foydalanib ta'sir körsatişda ayblab uç yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sobiq prezident belgilangan muddatning 2 yilini şartli ravişda ötaydi.  

Tergov ma'lumotlariga köra, Sarkozi 2007 va 2012 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida milliarder Lillian Betankur va hatto Liviya inqilobi yetakçisi Muammar Qazzofiydan pul olgan. U öz saylov kampaniyasiga Lillian Betankur tomonidan pul ajratilgani böyiça işni örganayotgan sudyaga lavozimi kötarilişini va Monakodan uy taklif qilgan. Ayblovga isbot sifatida Sarkozi va advokatining telefon suhbati keltirilgan.

Qirğizistonning 4-prezidenti Almazbek Atamboyev
Prezidentlik davri: 2011-2017

Igor Kovalenko / EPA / TASS

2019 yil avgustda qölga olingan Almazbek Atamboyev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil-u 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga qöyilgan asosiy ayblov sifatida kriminal Aziz Batukayevni ozodlikka çiqariş keltirilgandi. 2013 yilda 16 yil qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka çiqarilgan. Atamboyev prezidentlikdan ketgaç, bu iş böyiça tekşiruv boşlandi. Atamboyev aybini tan olmagaç, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qölga olişgandi.